Статистика
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0
|
Главная » 2016 » Февраль » 26 » C/C++ tilining tuzilmasi.
13:57 C/C++ tilining tuzilmasi. |
C++ tilidagi dastur tuzilishi. C++ tilida dastur yaratish bir nechta bosqichlardan iborat bo’ladi. Dastlab, matn tahririda (odatda dasturlash muhitining tahririda) dastur matni teriladi, bu faylning kengaytmasi «.cpp» bo’ladi. Keyingi bosqichda dastur matni yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda dasturda xatoliklar bo’lmasa, kompilyator «.obj» kengaytmali obyekt modul faylini hosil qiladi. Oxirgi qadamda komponovka (yig’uvchi) yordamida «.exe» kengaytmali bajariluvchi fayl - dastur hosil bo’ladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning nomlari boshlang’ich matn faylining nomi bilan bir xil bo’ladi. kompilyatsiya jarayonining o’zi ham ikkita bosqichdan tashkil topadi. Boshida preprosessor ishlaydi, u matndagi kompilyasiya direktivalarini bajaradi, xususan #include direktivasi bo’yicha ko’rsatilgan kutubxonalardan C++ tilida yozilgan modullarni dastur tarkibiga kiritadi. Shundan so’ng kengaytirilgan dastur matni kompilyatorga uzatiladi. Kompilyator o’zi ham dastur bo’lib, uning uchun kiruvchi ma’lumot bo’lib, C++ tilida yozilgan dastur matni hisoblanadi. Kompilyator dastur matnini leksema (atomar) elementlarga ajratadi va uni leksik, keyinchalik sintaksik tahlil qiladi. Leksik tahlil jarayonida u matnni leksemalarga ajratish uchun «probel ajratuvchisini» ishlatadi. Probel ajratuvchisiga - probel belgisi (‘ ‘), ‘\t’ - tabulyasiya belgisi, ‘\n’- keyingi qatorga o’tish belgisi, boshqa ajratuvchilar va izohlar hisoblanadi. Dastur matni tushunarli bo’lishi uchun izohlar ishlatiladi. Izohlar kompilyator tomonidan «o’tkazib» yuboriladi va ular dastur amal qilishiga hech qanday ta’sir qilmaydi. C++ tilida izohlar ikki ko’rinishda yozilishi mumkin. Birinchisida “/*” dan boshlanib, “*/” belgilar oralig’ida joylashgan barcha belgilar ketma-ketligi izoh hisoblanadi, ikkinchisi «satriy izoh» deb nomlanadi va u “//” belgilardan boshlangan va satr oxirigacha yozilgan belgilar ketma-ketligi bo’ladi. Izohning birinchi ko’rinishida yozilgan izohlar bir necha satr bo’lishi va ulardan keyin C++ operatorlari davom etishi mumkin. |
Категория: C++ |
Просмотров: 3320 |
Добавил: jalol97
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|